Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
#96_ta_qonun #kengash_raisi 🦁 Fermer xo‘jaliklari faoliyati – qonun ijrosi asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Qayirma mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fermer xo‘jaliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, xususan 17-moddasida belgilangan majburiyatlarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlardan to‘g‘ri foydalanish, maqbul ekinlarni joylashtirish hamda agrotexnika talablariga rioya etish holatlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish, mavjud sug‘orish tarmoqlarini soz holatda saqlash, ekologik talablarga amal qilish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar ham tahlil qilindi.

Fermer xo‘jaliklarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, soliqlar va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari tomonidan qonunchilikda belgilangan majburiyatlarga asosan faoliyat yuritilayotgani, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga intilish kuzatilayotgani qayd etildi.

📌 Qonun talablariga rioya qilish – qishloq xo‘jaligida barqaror natijalarning muhim garovidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5