Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
#24_ta_masala ✅ Yoshlar bandligi – mahalladagi ustuvor yo‘nalish

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashiga 12-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputat L.Kuvondikovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi M.Saimnazarov bilan birgalikda “Murotobod” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda turli yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, mahalladagi yoshlar yetakchisi Ergashev Shahzod tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda mahallada 14–30 yoshdagi yoshlar soni 1177 nafarni tashkil etadi. Shundan 606 nafari xotin-qizlar bo‘lib, 140 nafari ish bilan ta’minlangan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, 132 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, 174 nafari oliy va professional ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.

Joriy yilda 8 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ulardan 2 nafariga kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat qoniqarli deb baholandi.

📌 Yoshlar bandligi va ularni qo‘llab-quvvatlash – kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3