Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
#24_ta_masala ✅ Mahallada kambag‘allikni qisqartirish – amaliy natijalar bilan

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati L.Kuvondikov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Murotobod” MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishidagi faoliyat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, joriy yilda hokim yordamchisi Aminov Aktam tomonidan mahalla aholisini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 5 nafar fuqaroga “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari doirasida kredit olish uchun tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, 7 nafar fuqaro “Biznesga birinchi qadam” loyihasi orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlashga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida 3 nafar fuqaroga tavsiyalar berilib, ularga kredit ajratish jarayonida mahalla bankiri bilan hamkorlikda ijobiy natijalarga erishilgan.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, mahallada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmoqda.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.

📌 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish – kambag‘allikni qisqartirishning eng muhim omillaridan biridir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3