35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Кеңеслер

Ду
Се
Чо
Па
Жу
Ша
Як
20 август 2026

DEPUTATLIK SO‘ROVI

img📅 2026-yil 20-avgust | 132-ds-448-26-son QUMYOB MAHALLASIDAGI ZAHKASH — DEPUTAT NAZORATIDA Qumyob mahallasi hududidan o‘tuvchi zahkashning ayrim qismlarida loyqa va chiqindilar to‘planishi, o‘zanining ko‘milib qolishi hamda suv o‘tkazish qobiliyatining pasayishi natijasida zax suvlarni chiqarib yuborish imkoniyati cheklanmoqda. Natijada zax suvlar to‘planib, yerlarning meliorativ holati va qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. DEPUTAT TOMONIDAN SO‘RALMOQDA: 🔹 Zahkashning texnik va meliorativ holatini joyida o‘rganish; 🔹 Zahkashni tozalash va suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash; 🔹 Zax suvlar to‘planishining sabablarini aniqlab, bartaraf etish; 🔹 Avvalgi chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish; 🔹 Zahkashni muntazam tozalash va texnik nazoratni yo‘lga qo‘yish; 🔹 Amalga oshirilgan ishlar va belgilangan muddatlar bo‘yicha yozma javob taqdim etish. Maqsad — aholi murojaatlarini inobatga olgan holda muammoni qisqa muddatda va tizimli ravishda bartaraf etish. DEPUTAT: BABAJANOVA

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati

img📜 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-837-IV-son qarori asosida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyatining Nizomi tasdiqlangan. 🔹 Shu asosda kotibiyat o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi: 🏛 Kengash faoliyatini tashkil etish 📌 Kengash sessiyalari, yig‘ilishlari va boshqa tadbirlarini tashkil etish hamda ularning samarali o‘tkazilishini ta’minlaydi. 📑 Hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ta’minot 📝 Kengash qarorlari, qonun hujjatlari va boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlaydi hamda huquqiy jihatdan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. 📊 Axborot-tahliliy faoliyat 🔎 Kengash faoliyati bo‘yicha zarur axborotlarni to‘playdi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. 🤝 Aholi bilan ishlash 👥 Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashadi. ⚙️ Tashkiliy-texnik ta’minot 💼 Kengash faoliyatining tashkiliy, kadrlar va huquqiy jihatdan ta’minlanishini amalga oshiradi. ✅ Xulosa: 📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati o‘z faoliyatini tasdiqlangan Nizom va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

img📚 O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-668-son Qonuni ijrosi yuzasidan Shovot tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi. 👤 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Nurjanova Matluba Odombayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdilar. 🔎 O‘rganish davomida musiqa va san’at maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, to‘garaklar faoliyati hamda madaniy tadbirlarning tashkil etilishi holatiga e’tibor qaratildi. 🎶 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🤝 Madaniyat va san’at — yoshlar kamoloti va ma’naviy taraqqiyotining muhim omilidir!

🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI

img👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Shovot tumani bo‘limi bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarga pensiya va nafaqa masalalarida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan ishlar olib borildi. 🤝 Hamkorlik davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, ularning murojaatlarini tegishli tartibda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi. 📌 Deputat va tashkilotlar hamkorligi — aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🇺🇿 Xalq bilan muloqot — amaliy natija sari muhim qadam!

🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

img👤 “Adolat” SDP deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati Yusupova Feruza Shuxratovna tomonidan o‘z saylovchilari bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 🤝 Tadbir davomida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq farovonligini oshirish, hududlarni rivojlantirish hamda fuqarolarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada yuksaltirish masalalari haqida fikr almashildi. 📢 Shuningdek, saylovchilarga partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi. 💬 Uchrashuv davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga tegishli tushuntirishlar berildi. 🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq, umumiy maqsad va ezgu kelajak sari!

🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi

img📜 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 13-iyuldagi VII-27-79-12-177-K/26-son qarori asosida Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holati o‘rganildi. 💰 Mazkur qarorga muvofiq “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “Namunaviy xavfsiz uy” loyihalarini amalga oshirish uchun 500,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. 👤 Ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi holati Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasida o‘rganildi. 🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar. 🔎 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlar asosida sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlarning holati, ularning sifati hamda aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. 📌 Shuningdek, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💡 Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish — xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim mezonidir!

🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi

img👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasidagi “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati bilan tanishildi. 👥 Korxona faoliyati davomida 6 ta ish o‘rni yaratilgani alohida ta’kidlandi. 🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar. 🔎 O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi hamda faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi. 📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi. 💼 Yangi ish o‘rinlari — aholi bandligi va farovonligini ta’minlashning muhim omilidir!

📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

img📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida Shovot tumani Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasidagi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi. 🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar. 🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi daromadlarini oshirish, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 💼 Shuningdek, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, aholi xonadonlarida daromadli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda PQ-49-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 🤝 Asosiy maqsad — aholi daromadini oshirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish!

🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

img📚 O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni talablari asosida 👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasidagi profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi. 🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar. 🟢 O‘rganish davomida Yangi O‘zbekiston mahallasining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “yashil” toifaga kirishi, hududda osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 🔎 Shuningdek, profilaktika inspektorining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni o‘rganishi, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. 📌 O‘rganish yakunida profilaktika inspektori faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi. 🤝 Tinch va osoyishta mahalla — farovon hayot garovi!

👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi

img👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich tomonidan tumandagi Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar o‘rganildi. 🤝 O‘rganish jarayonida 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich, Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdilar. 🔎 O‘rganish davomida mahallada yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. 🏃‍♂️ Shuningdek, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganish, ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda mavjud muammolarni aniqlab, tegishli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. 🌱 Yoshlar — mahalla va hudud taraqqiyotining muhim kuchi!