📅 2026-yil 20-avgust | 132-ds-448-26-son
QUMYOB MAHALLASIDAGI ZAHKASH — DEPUTAT NAZORATIDA
Qumyob mahallasi hududidan o‘tuvchi zahkashning ayrim qismlarida loyqa va chiqindilar to‘planishi, o‘zanining ko‘milib qolishi hamda suv o‘tkazish qobiliyatining pasayishi natijasida zax suvlarni chiqarib yuborish imkoniyati cheklanmoqda.
Natijada zax suvlar to‘planib, yerlarning meliorativ holati va qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
DEPUTAT TOMONIDAN SO‘RALMOQDA:
🔹 Zahkashning texnik va meliorativ holatini joyida o‘rganish;
🔹 Zahkashni tozalash va suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash;
🔹 Zax suvlar to‘planishining sabablarini aniqlab, bartaraf etish;
🔹 Avvalgi chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish;
🔹 Zahkashni muntazam tozalash va texnik nazoratni yo‘lga qo‘yish;
🔹 Amalga oshirilgan ishlar va belgilangan muddatlar bo‘yicha yozma javob taqdim etish.
Maqsad — aholi murojaatlarini inobatga olgan holda muammoni qisqa muddatda va tizimli ravishda bartaraf etish.
DEPUTAT:
BABAJANOVA