Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🏠 AYOLLAR DAFTARI DOIRASIDA MANZILLI YORDAM

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madraximov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Ipakchi mahallasi, Islom Karimov ko‘chasi, 54-uyda yashovchi fuqaro X. Z.ning xonadoni o‘rganildi.
🔹 Fuqaroga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy ko‘mak ajratilib, xonadonida uy-joy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlarning sifati, manzilliligi va fuqaroning ehtiyojiga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🤝 Maqsad: “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash.