Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madraximovga biriktirilgan tuman Bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
🔹 Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda deputat M. Madraximov hamkorligida Bandlik bo‘limida bo‘lib, aholining bandligini ta’minlash, ish izlovchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ishsizlikni kamaytirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📌 Maqsad: aholining bandligini ta’minlash va fuqarolarning munosib mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish.