Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

♿️ IJTIMOIY REYESRDA TURGAN NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROGA KO‘RSATILAYOTGAN IJTIMOIY YORDAM O‘RGANILDI

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Arbob mahallasi raisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda Ijtimoiy reyesrda turgan nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadoniga borib, unga mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holatini o‘rgandilar.
🏠 O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy sharoiti, ehtiyojlari hamda unga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, fuqaroni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.