35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

⚖️ HUQUQIY MASLAHAT VA HAMKORLIK — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

📌 Joriy yilning 27-avgust kuni “Madad” NNT Huquqiy maslahat byurosi mutaxassisi O. Ataxanov bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuvda aholiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, ularning murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.
⚖️ Shuningdek, aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
📍 Maqsad: aholiga sifatli va samarali huquqiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish.
Huquqiy yordam — inson huquqlarini himoya qilishning muhim kafolati!