35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🌟 XALQ ISHONCHI — YUKSAK MAS’ULIYAT!

🤝 Bizga bildirilgan yuksak ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun Muhtaram Prezidentimizga hamda aziz saylovchilarimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
🏅 Xalq deputati bo‘lish — bu katta sharaf bilan birga ulkan mas’uliyat hamdir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, har bir muammo ortida esa xalqimizning farovon hayoti turadi. Shu bois, saylovchilarimizning ishonchini oqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va hududimizdagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topish yo‘lida bor kuch-g‘ayratimni safarbar etaman.
💬 Yurtimiz taraqqiyoti, mahallalarimiz obodligi va fuqarolarimiz farovonligi yo‘lida xalq bilan hamnafas bo‘lib xizmat qilish — mening asosiy maqsadimdir.
🇺🇿 Ishonchni oqlash — eng oliy burchimiz!
— Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Kariyev