35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining
29-Allon saylov okrugi deputati Salomova Feruza Ibodullayevna boshchiligida va mahalla yettiligi vakillari ishtirokida II chorak yakunlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xolqijonova, Olmazor tuman hokimining uy-joy kommunal bo‘limi mas’ul xodimi R.Azizov, "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Olmazor tumani Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi N. Salohiddinov va "Shodiyona ta'mirlash kompaniyasi" MCHJ M.To'raxo'jayeva (BSK) xodimi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📝 Axborot davomida deputat hisobot davrida Olmazor tumani Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol qatnashib, tuman ijtimoiy soha obyektlari, mahallalar va ishlab chiqarish korxonalarida o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga tavsiyalar hamda deputatlik so‘rovlari kiritildi. Bundan tashqari, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, byudjet mablag‘laridan foydalanishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surganini ta’kidladi.

📎 Shuningdek, mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹 Mahalla raisi mahalla hududida obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlangani, shuningdek, kambag‘al oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar haqida axborot berdi.
🔹 Yoshlar yetakchisi maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga maqsadli yo‘naltirish, yoshlarning “Besh tashabbus olimpiadalari”dagi ishtiroki, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan olib borilgan individual ishlar yuzasidan hisobot berdi.
🔹 Xotin-qizlar faoli mahallada istiqomat qilayotgan 3 506 nafar xotin-qiz, jumladan 224 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgani hamda ular bilan toifalar kesimida amalga oshirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari haqida ma’lumot berdi.
🔹 Ijtimoiy xodim kambag‘al oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordamga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda tibbiy ko‘makka ehtiyoji mavjud oilalar bilan olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi.
🔹 Hokim yordamchisi “Yo‘l xaritasi” asosida 17 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangani, ijtimoiy reyestr hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ko‘mak berilgani, 8 ta imtiyozli kredit ajratilgani, hududda 50 ta mikroloyiha amalga oshirilgani, 11 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgani hamda 92 nafar migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan manzilli ishlar olib borilgani haqida hisobotlar berildi.

📌 Hisobot yakunida deputatlar tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Slide 1 of 9