35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#Kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

🗣Jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika nazoratda: "Bag'rikeng" mahallasida O‘RQ-371-sonli Qonun ijrosi o‘rganildi!

Bandixon tumanida har bir mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda hududlarni "jinoyatchilikdan xoli mahalla"ga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bag'rikeng" mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘RQ–371-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.

Tashrif davomida profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi kriminogen vaziyat, jamoat xavfsizligini ta'minlash va profilaktika tizimining samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

📌 O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e'tibor qaratildi:

✅ Jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan, muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar hamda "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan manzilli va individual profilaktika ishlarini kuchaytirish;

✅ Notinch va muammoli oilalar bilan tizimli ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish;

✅ Profilaktika inspektorining "Mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish.

✅ Mazkur o‘rganishlar mahallalarda qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda xavfsiz va osoyishta muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2