35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🌿 Obod mahalla – farovon hayot sari!

"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida joriy yilning 27-iyul kuni 13-Oq oltin saylov okrugidan saylangan deputat Bobojonova Manzura Nuriddinovna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova Oq oltin mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi.
🔹 Mahalla hududining sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.
🔹 Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
🔹 Mahalla faollari bilan hududni yanada obod qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔹 Aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Obod mahalla — ahillik, hamjihatlik va farovon hayot poydevori!

Slide 1 of 4