35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
#munosabat

Prezidentimizning "Cyber University"ga tashrif buyurib, zamonaviy ta'lim va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalarga start bergani mamlakatimizning innovatsion taraqqiyot yo'lidagi muhim qadamlardan biridir.
🌏Bugungi kunda sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tashabbuslar yoshlarimiz uchun zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallash, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishishiga keng imkoniyat yaratadi.
🌏Deputat sifatida ushbu islohotlarni to'liq qo'llab-quvvatlayman. Zero, bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va raqamli texnologiyalarni puxta egallagan yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchidir. Bunday loyihalar nafaqat ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadi, balki mamlakatimizning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.