35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Kengash_faoliyati

Bandixonda yangi ish o‘rinlari va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Erkinjon Jo‘rayev, hamda kotibiyat mudiri A.Pardayev ishtirokida Bandixon tumanining "Bektepa" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Jumladan, "Bektepa kichik va yoshlar sanoat zonasi" da tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, sanoat hududida faoliyat yuritayotgan mebel ishlab chiqarish hamda avtomobillar uchun chexol-pol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, yaratilgan ish o‘rinlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida 950 million so‘mlik loyiha doirasida sanoat zonasining 1 kilometr ichki yo‘li asfaltlashtirilgani, hududda elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlik nazorati davomida okrug hududidagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi hamda tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish ustidan deputatlik nazoratini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4