35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani atroflicha ko‘rib chiqish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 15-“Istiqlol” saylov okrugi deputati U.Xudoyqulov, 10-“Mustaqillik” saylov okrugi deputati E.Normurodov, 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
M.Muhammadiyev ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan “Do‘stlik”, “Aytim” va “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, mahallalarda kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, ijtimoiy profilaktika, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari va mas'ul tashkilotlar vakillari bilan muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar umumlashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi hamda navbatdagi sessiyada mazkur masala yuzasidan muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 7