35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Aholining turmush sharoitini yaxshilash, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilash maqsadida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati E.Normurodov Aytim mahallasida bo‘ldi.

O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘cha yo‘llari holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Ayrim yo‘llarda ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi ko‘chalarning tungi yoritilishi holati ham o‘rganilib, mavjud kamchiliklar aniqlandi.

Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta'mirlash, ko‘chalarni zamonaviy yoritish tizimlari bilan ta'minlash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yo‘lidagi bunday o‘rganish va nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3