35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova tomonidan 1-Nurobod saylov okrugiga qarashli 2-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati tomonidan maktabda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun “To‘siqsiz muhit” yaratish hamda korreksion sinf xonasini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, korreksion sinf xonasini zarur mebel, maxsus didaktik vositalar va o‘quv jihozlari bilan ta’minlashda amaliy yordam zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan deputat X.Xazratova tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazib, korreksion sinf faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, “To‘siqsiz muhit” talablarini to‘liq ta’minlash hamda sinf xonasini zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3