35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Deputat munosabati

#Munosabat

Deputat munosabati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga yangi muhit olib kirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan belgilab berilgan vazifalar Uzun tumani uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugun mahallalardagi muammolarni hal etish uchun zarur moliyaviy resurslar va huquqiy vakolatlar yaratilmoqda. Endi eng asosiy vazifa — mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tashabbuskorlikni kuchaytirish va har bir mahallada aholi roziligini ta’minlashdan iborat.

Uzun tumanida 51 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Ajratilayotgan mablag‘lar va mahalliy byudjet imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali har bir mahallada aholini qiynayotgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etishga e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, endilikda tuman hokimlari, mahalla raislari va “mahalla yettiligi” vakillari nafaqat vakolat, balki katta mas’uliyat egalaridir. Bu mas’uliyat har bir murojaatga o‘z vaqtida yechim topish, aholi bilan doimiy muloqot qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda namoyon bo‘lishi lozim.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi sifatida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va shaffof foydalanilishini deputatlik nazoratiga olish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada kuchaytirish yo‘lida barcha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligimni bildiraman.

Ishonamanki, Uzun tumanidagi har bir mahallada tashabbuskorlik, mas’uliyat va hamjihatlikni kuchaytirish orqali aholi turmush sifati yanada yuksalib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shiladi.

Tuman Kengashi raisi - D.Safarova

Uzun tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz