35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol


Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

🕯 Uchtepa tumanidagi Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida hudud obodonlashtirilishi, ko‘p qavatli uy-joylarga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

⚙️ O‘rganish davomida “Elga xizmat Ko‘hna Cho‘ponota” boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati, aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarning holati, hududdagi obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov ishtirok etdi.

📝 O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, tom qismi, yerto‘lalari, umumiy foydalanish hududlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini mavsumga tayyorlash, uy-joy fondini saqlash va hudud obodonchiligini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

💼 Shuningdek, o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

🔼 Aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha nazorat va o‘rganish ishlari Uchtepa tumanida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3