35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan navbatdagi sessiya oldidan hududiy oʻrganishlar va nazorat tadbirlari doirasida navbatdagi o'rganish o'tkazildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan navbatdagi sessiya oldidan hududiy oʻrganishlar va nazorat tadbirlari doirasida navbatdagi o'rganish o'tkazildi.

Xususan, 14-saylov okrugi deputati oʻz saylov okrugi hududidagi "Chaqar" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 75-oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida deputat tomonidan quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:

Tibbiy xizmat sifati va sharoitlar: Poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifati, shifokorlar va hamshiralarning xizmat faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar koʻzdan kechirildi.

Dori-darmon taʼminoti: Muassasada eng zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning zaxirasi, ularning saqlanish holati hamda aholiga imtiyozli asosda dori yetkazib berish tizimi tahlil qilindi.

Murojaatlar va muammolar: Poliklinikaga kelgan fuqarolar va tibbiyot xodimlari bilan bevosita suhbatlashilib, muassasadagi mavjud moddiy-texnik bazani mustahkamlash, isitish va elektr tizimlari hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq dolzarb masalalar oʻrganildi.

Mazkur oʻrganish natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda tegishli doimiy komissiya majlisida muhokama qilish uchun rasmiylashtirildi.