Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida poliklinikada bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar uchun yaratilgan kutish joylari, muolaja va qabul xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi, bemorlar bilan muomala madaniyati, tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi, shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, poliklinika rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2