Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi B.Shoyo‘ldashevaning faoliyati, xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, 2 nafar yoshga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan. Shuningdek, ijtimoiy-profilaktik xulosa asosida nazoratga olingan 16 nafar yosh bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan manzilli choralar ko‘rilmoqda.Bundan tashqari, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 nafar yosh safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul o‘tashi uchun belgilangan tartibda yo‘naltirilgan. Shuningdek, 6 nafar yoshni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli yo‘llanmalar berilgani qayd etildi.O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda aniqlangan masalalarni tizimli hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazorati daftariga kiritilib, ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilishi belgilandi.  

Slide 1 of 2