Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ruzmetov hamda tuman Kengashi deputati A. Kalandarov tomonidan saylov okrugidagi fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlanmoqda.
Mazkur deputatlik so‘rovlari aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish va mutasaddi tashkilotlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Har bir murojaat atroflicha tahlil qilinib, uning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Fuqarolarning turmush farovonligini oshirish, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish hamda aholini o‘ylantirayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish xalq deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shovot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati bundan buyon ham aholi manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy talab va takliflarini tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda ularning ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 3