Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Deputatlik so‘rovlari orqali Yakkasaroy tumanidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovlari orqali Yakkasaroy tumanidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan aholi murojaatlari asosida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov nomiga ikki deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 Yakkasaroy tumani “Rakat” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bolalar uchun zamonaviy dam olish maydonchalari tashkil etish hamda hududdagi ayrim qurilish ishlari yakunlanmay qolayotgani bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.

📝 Deputatlik so‘rovlaridan birida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil 29-avgustdagi VII-14-137-14-0-K/25-sonli qarori ijrosi masalasi ko‘tarildi. Mazkur qarorga muvofiq, “Rakat” mahallasi hududidagi Shota Rustaveli ko‘chasi 60-uy hamda Muqimiy ko‘chasi 96/6-uy manzillarida bolalar maydonchalarini barpo etish uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilangan. Biroq qaror qabul qilinganiga ancha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, ushbu obyektlar bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanmagani yuzasidan aholi tomonidan e’tirozlar bildirilgan.

🔺 Shu munosabat bilan deputat Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar hokimligidan qaror ijrosining bugungi holati, qurilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmaganligining sabablari, mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar hamda obyektlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq muddat va chora-tadbirlar rejasini taqdim etish so‘raldi.

🏠 Shuningdek, deputat tomonidan Toshkent shahar hokimligiga yuborilgan yana bir deputatlik so‘rovida Shota Rustaveli ko‘chasi 60-uy, 8-xonadon manzilidagi turar joy balkonini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi. Murojaatda qayd etilishicha, 2025-yilda Shota Rustaveli ko‘chasini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida boshlangan rekonstruksiya ishlari bugungi kunga qadar yakunlanmagan.

⚠️ Natijada balkon tugallanmagan va foydalanish uchun noqulay holatda qolgan bo‘lib, bu holat fuqaroga jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani, shuningdek, tugallanmagan qurilish konstruksiyalari aholi xavfsizligi uchun ham xavf tug‘dirishi mumkinligi ta’kidlangan.

🔎 Deputatlik so‘rovida mazkur holatni joyiga chiqib o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, rekonstruksiya ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talab qilingan.

📋 Har ikki deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan yuborilgan bo‘lib, mas’ul tashkilotlardan qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiy javob taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1