Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyat mudiri U.Quryazov, viloyat Kengashi deputati X.Davletov hamda Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipovlar ishtirokida Shovot tumanida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan nazorat-o‘rganish tadbirlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida:
❗️ Voyaga yetmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishining oldini olish
❗️ Savdo shoxobchalarida qonun talablariga qat’iy rioya etilishi
❗️ Noqonuniy savdo va yashirin realizatsiya holatlariga chek qo‘yish
❗️ Yoshlar salomatligi va ma’naviy muhitni himoya qilish masalalari markaziy e’tiborda bo‘ldi
📘 Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 24-maydagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi 844-sonli Qonuni ijrosi doirasida tashkil etildi.
⚖️ Qonun buzilishiga murosasiz munosabat — sog‘lom jamiyatning eng muhim talabi!
🚭 Farzandlar kelajagiga befarq bo‘lmaylik!
Har bir noqonuniy savdo — yoshlar taqdiriga tahdid.