Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda

🏛 O‘z Res Prezidentining PF-223-son Farmoni hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-18-143-12-177-K/25-son qaroriga muvofiq, 2026-yilda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

🏫 Jumladan, "Qirg‘oqbo‘yi” mahallasida joylashgan 51-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari ayni paytda davom etmoqda. Loyiha qiymati 7 milliard 576 million so‘mni tashkil etadi.

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z.Polvonova hamda kotibiyat mudiri I.Masharipov tomonidan qurilish va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔨 O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, yaratilayotgan sharoitlar hamda loyiha ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

✅ Mazkur loyiha ta’limda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6