Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat bolalar maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan hududlarni o‘rgandi
Deputat bolalar maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan hududlarni o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajonov tomonidan tumandagi “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inida bolalar maydonchalarini qurish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida hudud aholisi, ayniqsa bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy o‘yin maydonchalari barpo etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda mahallani obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. MFY raisi bilan birgalikda loyiha ishlari, qurilish jarayonlarini tashkil etish hamda maydonchalarni zamonaviy talablar asosida barpo etish yuzasidan fikr almashildi.


📊 Shu bilan birga, mahalla yettilik vakillariga Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma va kommunal xizmatlar holatini yaxshilash, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish kabi masalalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

📌 Deputat Ibaydullo Mamajonov mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Slide 1 of 6