Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida tuman Kengashi deputati S. Maxkamov tomonidan tumanda jinoyatchilik holatlari har chorakda oshib borayotgani, ayniqsa ayrim mahallalarda huquqbuzarliklarning ko‘payishi aholini tashvishga solayotgani yuzasidan savol o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mavjud holatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning oldini olish borasida qanday amaliy choralar ko‘rilayotgani bilan qiziqildi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

Mazkur savolga tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M. Xamrayev tomonidan javob berilib, jinoyatchilikni jilovlash maqsadida hududlarda profilaktik tadbirlar kuchaytirilgani, ayniqsa muammoli mahallalarda tungi reydlar, manzilli nazorat va aholi bilan tushuntirish ishlari muntazam olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan individual ishlash hamda “mahalla yettiligi” hamkorligini mustahkamlash orqali vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olingani ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1