Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Ijtimoiy himoya va manzilli xizmatlar — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganish yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida deputatga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis A.Adxamovlar hamrohlik qildi.

Monitoring davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Prezident qarori asosida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi tahlil qilinib, fuqarolar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda manzilli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3