Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Tibbiy tayanch punktida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Qoronqul” oilaviy shifokorlik punktining “Galavasoy” tayanch punktida tibbiy xizmatlar sifati va tibbiy muassasalarda yaratilgan shart-sharoitlar xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida tibbiy tayanch punktining moddiy-texnik bazasi ta’minotidagi kamchiliklar, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, dori-darmon ta’minoti, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔵Shuningdek, patronaj hamshirasi G.Djaparova bilan muloqot o‘tkazilib, mahallada istiqomat qiluvchi 973 nafar aholiga xizmat ko‘rsatishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflari tinglandi. Ayniqsa, profilaktik tibbiy ko‘riklar, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔵Tibbiy tayanch punkti faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalari deputat tomonidan nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3