Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan A.Navoiy 105, 106 va 107-ko‘p qavatli uylar atrofidagi mavjud muammolar ko‘tarildi. Xususan, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar oldidagi hududning qurilish me’yorlariga mos emasligi, oqava suv tizimining yaroqsiz holga kelgani hamda hududdagi sanitariya-gigiyena bilan bog‘liq kamchiliklar fuqarolar tomonidan bildirilgani qayd etildi.

Shuningdek, deputatlik so‘rovida mazkur hududdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish, oqava suv tizimini ta’mirlash hamda sanitariya holatini nazoratga olish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, murojaatda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Deputatlik so‘rovi ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4