Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Yashnobod tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi
#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlar_nazorati #deputatlik_faoliyati

📍 Yashnobod tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov tomonidan Yashnobod tumani “Uchchinor” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘tarilgan edi.

🔎 Xususan, Murabbiylar ko‘chasi 14-uy oldida joylashgan “Medikal Sentr” avtobus bekati hududida piyodalar harakati uchun xavfsiz sharoit yaratish, piyodalar o‘tish joyini tashkil etish hamda yo‘lovchilar uchun qulayliklarni yaxshilash zarurligi bildirilgan.

🚸 Mazkur murojaatlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi, “Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi” MCHJ hamda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish natijasida “Medikal Sentr” avtobus bekati oldida piyodalar uchun yo‘l yotiq chiziqlari (zebra) chizildi hamda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi tashkil etildi.

🚏 Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududga yangi jamoat transporti bekati o‘rnatildi.

📂 Hududda piyodalar xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan mazkur ishlar deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirildi.

🗣 Mazkur masala deputat tomonidan nazorat tartibida kuzatib borilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1