Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Umidjon Sanakulov Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yubordi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulov Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yubordi

📝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Muminov nomiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

🛡 So‘rovda ta’kidlanishicha, “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘p-qavatli uylarning oldidagi ko‘p yillar davomida ishlash tartibida bo‘lmagan sug‘orish tizimi muammosi kelib chiqmoqda. Mahalla hududidagi tashkil etilgan “yashil makon” loyihasi doirasida sug‘orish uchun suv quvurlari o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan bugungi kunda ishga yaroqsiz holatda ekanligi hamda foydalanish imkoni yo‘qligi ma’lum qilingan.

📁 Shayxontohur tumani “Ibn Sino” mahallasida bog‘ va ekin yerlarini sug‘orishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. O‘simliklar suv tanqisligi sababli nobud bo‘lib, qurib qolish holatiga kelib qolgani bildirgan.

💡 Deputat Sanakulovning so‘roviga ko‘ra: “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida buzilgan va eskirgan sug‘orish tizimlarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini tashkil etish muddati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot 10 kun ichida taqdim etilishi so‘ralmoqda.

🔎 Ma’lumot uchun: Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki belgilangan muddatda javob bermaslik holatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash