Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Kamiljon Otaniyazov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan saylov okrugi hududidagi 35-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maishiy chiqindilarni saqlash va ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

• Chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va saqlash

• Atrof-muhit va inson salomatligini himoya qilish

• Chiqindilar hajmini kamaytirish

• Ekologik xavfsizlikni ta’minlash

📜 Mazkur nazorat tadbiri O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.

♻️ Toza hudud – sog‘lom kelajak garovi! Har birimiz ekologiyaga befarq bo‘lmaylik.