🏢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tumandagi 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib borildi.
🔍 O‘rganish jarayonida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish ishlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi.
⚖️ Ushbu holat amaldagi qonunchilik hamda sanitariya qoidalariga zid ekani qayd etildi.
📌 Mas’ul tashkilotlarga:
♻️ chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish
🧹 hudud sanitariya holatini yaxshilash
🚫 bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
📊 Mazkur masala yuzasidan nazorat o‘rnatildi.