Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida Chorvador MFY raisi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, hokim yordamchisi tomonidan hududda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ijtimoiy xodim tomonidan reyestrda turgan oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar muhokama qilindi va atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan mavjud muammolarni tizimli hal etish, oilalar mustahkamligiga alohida e’tibor qaratish, ularni moliyaviy barqarorlikka chiqarish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3