Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, muassasada xavfsiz ta’lim-tarbiya muhitini yaratish, shuningdek, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena hamda umumiy xavfsizlik talablariga asosan rioya etilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish yo‘lida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

Slide 1 of 4