Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Oliy Majlis deputatining Sherobod tuman Kengashiga tashrifi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov bilan uchrashuv o‘tkazilib, tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ijrosi, hududiy rivojlantirish dasturlari hamda ularning samaradorligi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📊 Suhbat jarayonida mavjud loyihalarning bugungi holati, ularni moliyalashtirish manbalari va amalga oshirish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5