Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Y.Berdiyarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan tuman Kengashining 26-sessiyasida qabul qilingan qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Jumladan, 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida zarur qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar to‘liq xarid qilingani, ta’mirlash ishlari boshlanganligi aniqlandi.
🔷Shuningdek, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.