Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X.Sultonov tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tuman maktabgacha ta’lim va maktab bo‘limida ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tumanda 24 ta maktab, shundan 2 tasi xususiy maktab, 16 ta davlat bog‘chasi, 29 ta oilaviy hamda 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi. 22 ta davlat maktabida 12 037 nafar o‘quvchiga 1068 nafar malakali o‘qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda.

Shuningdek, davlat, oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalarda 4725 nafar jajji o‘g‘il-qizlar tarbiyalanayotgani, ularga 550 nafardan ortiq tarbiyachi va xodimlar xizmat ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Tumanda maktabgacha ta’lim qamrovi 78,4 foizni tashkil etib, bu viloyat ko‘rsatkichidan 1,4 foizga kam ekani ta’kidlandi. O‘rganish jarayonida 4-, 5- va 12-son davlat bog‘chalari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, shuningdek, 1-son va 17-son maktablarda sport zali hamda stadion mavjud emasligi qayd etildi.

Sarimoy mahallasidagi maktablarda kuzatilgan kadrlar yetishmovchiligi boshqa hududlardan malakali o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ijobiy hal etilgani bildirildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Slide 1 of 1