Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
“Uz-Semyung Co” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun muhim seminar tashkil etildi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati I. Qalandarov tashabbusi va boshchiligida, profilaktika katta inspektori kapitan N. Ro‘zmetov hamda ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida “Uz-Semyung Co” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun muhim seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir deputatning hududda aholi, ayniqsa mehnat jamoalari bilan bevosita ishlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganishga qaratilgan amaliy faoliyatining yana bir ko‘rinishi bo‘ldi. Seminar davomida kiberxavfsizlik, firibgarlikdan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni asrash, shuningdek giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etilib, fuqarolarning bu jarayondagi hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida uchrashuv qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Ushbu seminar deputatning hududdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tizimli ishlarining muhim qismi sifatida ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 2