Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARIGA QARATILDI

 AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARIGA QARATILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 23-O‘raboshi saylov okrugidan saylangan
deputat O.Oripova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov tomonidan
Bahor mahalla fuqarolar yigʻini hududida oʻrganish ishlari olib borildi. 

Bunda asosiy e’tibor “mahalla yettiligi” tomonidan mahallada aholini tadbirkorlikka
keng jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish, xususan, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qaratildi.  

O‘rganishlar davomida deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan
yaqindan tanishdi, amalga oshirayotgan loyihalari, mavjud muammo va
takliflarini o‘rgandi. Ularga faoliyatlarini yanada rivojlantirish, yangi ish
o‘rinlari yaratish hamda mavjud imtiyoz va davlat dasturlaridan samarali
foydalanish yuzasidan takliflar berdi.  

O‘rganish yakunida mahalladagi hokim yordamchisiga hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
orqali aholi daromadini oshirish, kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolarni
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish,
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan
samarali foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.  

Slide 1 of 4