Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Ijtimoiy obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati hamda o‘z vaqtida bajarilishi deputatlar nazoratida.

  🔹Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati hamda doimiy komissiyalar tomonidan bu borada joyiga chiqib o‘rganishlar olib borildi.

🔹Xususan, shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida

fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvar kungi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlarga asosan shahar Kengashining 2025-yil 12-sentabrdagi qarori asosida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 35-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish o‘tkazildi.

🔹O‘rganish davomida mazkur muassasada yozgi ayvon (bisetka) qurish hamda boshqa ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonlarda ayrim kamchiliklar, xususan, qurilish va ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatdan ortib ketgani hamda ayrim ishlar sust olib borilayotgani aniqlandi.

🔹Deputatlar tomonidan mazkur holat qat’iy nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlardan tushuntirish va zarur choralar ko‘rish yuzasidan so‘rov yuborilishi belgilandi.

🔹Ta’kidlanishicha, ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan har bir ish sifati va muddatiga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 5