🏥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D. Shadanova, kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirokida tumandagi Arbek mahallasi hududida joylashgan 9-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
📜 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi 384-son qarori — “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🏥 Xususan, poliklinikada:
🔹 aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati
🔹 bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash tartibi
🔹 ro‘yxatga olish (registratsiya) jarayonlari
🔹 DMED tizimi (elektron tibbiy ma’lumotlarni yuritish tizimi) ishlashi batafsil o‘rganib chiqildi.
📊 Shuningdek, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, bemorlar uchun qulay sharoit yaratish, elektron tizimlardan foydalanish darajasi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarida mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.