🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Shadanova, kotibiyat mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov ishtirokida tumandagi Arbek mahallasida joylashgan 16-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🍽 Mazkur o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga yetkazib berilayotgan katering mahsulotlarining:
🔹 taqsimlanish jarayoni
🔹 sifat darajasi
🔹 saqlash sharoitlari
🔹 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi
batafsil o‘rganib chiqildi.
📜 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarori — “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda sohadagi amaldagi sanitariya-epidemiologik va gigiyenik talablar asosida mavjud holat o‘rganildi.
asosida jarayonning amaldagi holati baholandi.
📊 Shuningdek, ovqatlanish jarayonini tashkil etish, mahsulotlarning belgilangan me’yorlar asosida yetkazib berilishi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash holati yuzasidan mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda jarayonni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.