Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Namangan shahrida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi

Namangan shahrida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 18-martdagi VII-19-29-6-91-K/26-son qarori bilan Namangan shahrida ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi. 

Mazkur dastur hukumat qarorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shahar ichki ko‘chalari va yo‘llari infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan. 

Qarorga muvofiq:

Ichki ko‘chalar va ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi;

Tasdiqlangan ro‘yxat asosida moliyalashtirish ishlari amalga oshiriladi;

Ichki yo‘llar holatini baholash va doimiy monitoring tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

Ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi nazoratga olinadi;

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Kengashiga muntazam hisobot berib boriladi.

Mazkur dastur shahar ichki yo‘llari holatini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.