Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari va DMED tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 MAHALLIY BUDJET VA IQTISODIY MASALALAR MUHOKAMASI
янв.21
📌 Mahallada iste’mol krediti tizimi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati doirasida
янв.21
📊 BOLALAR XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA
янв.21
📌 NAVRO‘Z MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📊 MAHALLADA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Kat qal’a – tarixiy meros e’tibor markazida
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatidan
янв.21
📊 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406 Qonuni ijrosini ta’minlash hamda Xalq deputatlari shahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhimyo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yichasavolnomaning 1 bandi (mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar
bandligi xolati) ijrosini ta’minlash bo‘yicha shahar Kengashi deputati N.Sharipova shahardagi “Jingavuz” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
 

Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlari tanqidiy ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha Yoshlar daftari"da turgan ishsiz yoshlarning ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilib, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. 

Mahalla yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan shaxsiy va ijtimoiy tashabbuslar deputat N.Sharipova tomonidan nazoratga olindi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi. 

Slide 1 of 1