Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📊 IJTIMOIY SOHA VA XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHIDAGI ISHLAR TAHLILI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
💧 SHOVOTDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILDI
янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari va DMED tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 MAHALLIY BUDJET VA IQTISODIY MASALALAR MUHOKAMASI
янв.21
📌 Mahallada iste’mol krediti tizimi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati doirasida
янв.21
📊 BOLALAR XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA
янв.21
📌 NAVRO‘Z MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📊 MAHALLADA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tomonidan III chorak axboroti taqdim etildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tomonidan III chorak axboroti taqdim etildi 

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajonov tomonidan joriy yilning III choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi hamda maktab oshxonalari faoliyati o‘rganildi.

Axborotda deputatning o‘tgan davr mobaynida olib borgan faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududlarda amalga oshirilgan ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar haqida ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktab oshxonalari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida oshxonalarning sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda ovqatlanish jarayonining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga belgilangan tartibda tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mazkur nazorat ishlari kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4