Yordon MFYdagi sanitariya holati deputatlar nazoratida
Farg‘ona tumani Kengashi deputatlari hamkorligida Yordon mahalla fuqarolari yig‘ini hududida ekologik holatni o‘rganish va sanitariya talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida ekoreyd o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida chiqindilar belgilangan muddatda olib ketilmayotgani, natijada ko‘chalarda chiqindi uyumlari to‘planib qolgani aniqlandi. Bu esa nafaqat mahalliy aholi, balki ushbu so‘lim hududga dam olish maqsadida tashrif buyurayotgan mehmonlarning ham haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat sanitariya qoidalariga zid bo‘lib, aholi salomatligi va hudud estetikasiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Deputatlar ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llab, chiqindilarni o‘z vaqtida va muntazam ravishda olib ketish bo‘yicha “Deputatlik so‘rovi” chiqarilishi bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida bunday holatlarni oldini olish uchun mas’ul idoralar faoliyati kuchaytirilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi